Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan. Vafot etganlar orasida ikki nafar bola ham bor.
AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoraladi. “Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan qilingan zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz”, — deyiladi bayonotda.
Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.
AQSh O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini olqishlaydi, dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov bilan uchrashuvda. Bu yerda ikki davlat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston TIV mamlakat Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmasligi va harbiy dronlar ishlab chiqarmayotganini qayd etdi. Vazirlik Ukraina rasmiylariga murojaat qilib, O‘zbekiston to‘g‘risida OAVlarda asossiz ayblovlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.
O‘zbekiston «yagona Xitoy» siyosatini va ushbu mamlakatning hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi hamda Tayvan bilan bog‘liq vaziyatda keskinlikning tezroq bartaraf etilishiga umid qilmoqda, deb bayonot berdi TIV.
O‘zbekiston fuqarolarini Polsha orqali Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi. Polshadan jami 25 aviareys vositasida 5786 nafar fuqaro vatanga olib kelindi. «Boshqa davlatlar orasida O‘zbekiston Ukrainadan o‘z fuqarolarini birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi», — dedi O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev.
O‘zbekiston Ukrainaning mustaqilligini tan olishini aytgan Abdulaziz Kamilov, Qashqadaryoda yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani, dori vositalarini reklama qilishi taqiqlangan mashhurlar va shifokorlar, qiynoq qurbonlariga yetkazilgan zararning qoplab berilishi, asosiy stavkani 17 foizgacha ko‘targan Markaziy bank va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 17 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi «Dunyo» axborot agentligi nomi o‘zining avvalgi «Jahon» nomiga qaytariladi. Agentlik ushbu qarorni «Dunyo» yoki unga o‘xshash nomlarga ega ko‘plab tuzilmalar paydo bo‘lgani bilan izohladi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori lavozimiga tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan OTMlar talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qildi. TIV agar fuqarolarga tahdid bo‘lsa, o‘z vaqtida choralar ko‘rilishi va ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Rostov-Dondagi bosh konsulxonasiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini bildirdi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalarini, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.
Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistonining elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. U O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida korrupsiya, narkotik moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo hujjatlar imzolandi.
Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting